ENRU

Xitoylik ayol 6,7 milliard dollarlik firibgarlikda ayblandi

Dunyo
50
Xitoylik ayol 6,7 milliard dollarlik firibgarlikda ayblandi
Londondagi sud 47 yoshli Xitoy fuqarosi Chjimin Syanni 6,7 milliard dollarlik bitkoinlarni noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritishda aybdor deb topdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U ushbu mablag‘larni Buyuk Britaniyada qimmatbaho ko‘chmas mulk sotib olish uchun ishlatishga harakat qilgan. Bu haqda Skotland-Yardning rasmiy sayti ma’lumot berdi.

Tergov jarayonida ayoldan 61 mingdan ortiq bitkoin musodara qilindi, bu kriptovalyutalar tarixidagi eng yirik musodara hisoblanadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Syan 2014 yildan 2017 yilgacha 128 mingdan ziyod Xitoy fuqarosini, jumladan tadbirkorlar, nafaqaxo‘rlar, bank xodimlari va sud tizimi vakillarini turli usullar bilan aldagan.

U qo‘lga kiritgan katta mablag‘larni bitkoinlarga aylantirib, soxta hujjatlar yordamida Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan. Bu yerda qimmatbaho uy-joylar sotib olib, mablag‘larni qonuniylashtirishni maqsad qilgan.

The Sun gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, politsiya Syanning shaxsiy kundaligini topgan, unda u o‘zini Dalay Lama tomonidan moylangan “qayta tug‘ilgan ma’buda” deb hisoblashini va “Liberland” nomli mustaqil davlat tashkil etib, unda malika sifatida hukmronlik qilishni orzu qilganini yozgan. Hozirda ayol hibsda bo‘lib, sud hukmini kutmoqda.

Ushbu ish nafaqat moliyaviy firibgarlik, balki kriptovalyutalar orqali jinoyatlar qanchalik keng ko‘lamda sodir etilishi mumkinligini yana bir bor ko‘rsatdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026