ENRU

Olmaotada muddatli askar o‘limi yuzasidan tergov talab qilinmoqda

Dunyo
34
Olmaotada muddatli askar o‘limi yuzasidan tergov talab qilinmoqda
Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan chegara xizmati bo‘linmasida muddatli harbiy xizmatga yaqinda chaqirilgan yosh askar vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nurasil Anuar ismli yigit 2025 yil 27 sentyabr kuni “Qorasoy” chegara qismiga xizmatga jo‘natilgan edi. U xizmatni boshlagani yetti kun ham bo‘lmay turib hayotdan ko‘z yumdi.

Bu haqda mahalliy OAVlar xabar berdi. Oila a’zolari o‘lim haqida 5 oktyabr kuni ertalab xabar olgan.

Ular uchun bu yangilik katta zarba bo‘ldi, chunki Nurasil sog‘lom va kelajakka umid bilan qaragan yosh edi. Qarindoshlari uning harbiy xizmatni vatan oldidagi burch va sharaf deb bilganini ta’kidlamoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nurasilning o‘limiga meningit sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo oila bu tashxisga shubha bilan qaramoqda, chunki yosh askar xizmatga ketishidan oldin sog‘lom edi va hech qanday kasallik belgisi kuzatilmagan.

Marhumning qarindoshlari jasadni ko‘rishga ruxsat berilmayotgani va voqea yuzasidan to‘liq, xolis tergov o‘tkazilishini talab qilmoqda. Ular bu holat tasodif emas, deb hisoblaydi va adolatli qaror chiqishini so‘ramoqda.

Nurasil mehribon, samimiy va toza qalbli inson bo‘lgan. Uning vafoti oilasi uchun katta yo‘qotishdir.

Shunga o‘xshash holatlar Qozog‘istonda avval ham sodir bo‘lgan. Jumladan, shu yilning 17 sentyabrida Mang‘istau viloyatida xizmat qilayotgan yosh askar Dinmuhammad ham halok bo‘lgan edi.

Rasmiylar uning o‘limini o‘z joniga qasd qilish deb baholagan, ammo qarindoshlari bunga ishonmagan. Nurasilning o‘limi Qozog‘istonda harbiy xizmatchilarning xavfsizligi va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar mavjudligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Hozircha rasmiylar bu masala yuzasidan aniq izoh bermagan. Marhumning yaqinlari esa haqiqatni aniqlash uchun kurashdan to‘xtamaslikka qaror qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13