Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+20°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Kim Chen In AQSh harbiy kuchlarini kuchaytirdi, javob berdi

Dunyo
52
Kim Chen In AQSh harbiy kuchlarini kuchaytirdi, javob berdi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In AQShning Janubiy Koreyada harbiy kuchlarini kuchaytirishiga javoban mamlakatning «maxsus resurslar»ini faollashtirganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda u Koreya Mehnat partiyasining tashkil topganining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy ko‘rgazmada so‘zladi. Bayonot 5 oktyabr, yakshanba kuni Koreya markaziy televideniyasi tomonidan e’lon qilindi.

Kim Chen In dushmanlar o‘z xavfsizligi haqida jiddiy o‘ylashi lozimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasidagi yadroviy ittifoq tez sur’atlarda rivojlanmoqda, shuningdek, xavfli ssenariylarni sinash uchun turli harbiy mashqlar o‘tkazilmoqda.

AQShning janubdagi harbiy salohiyatini oshirishi mintaqada Shimoliy Koreyaning strategik xavotirlarini kuchaytirmoqda. Koreya markaziy televideniyasi «maxsus resurslar»ning aniq mazmunini oshkor qilmagan.

Biroq e’lon qilingan suratlarda Kim Chen In yopiq pavilonda generallar bilan birga turli qurol va raketalar qatoridan o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Seul rasmiylari Pxenyan Rossiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlab, Xitoy bilan aloqalarni yanada chuqurlashtirayotganini bildiradi.

Shuningdek, Kim Chen In sentabr oyida Xitoyga tashrif buyurgan. AFP xabariga ko‘ra, AQSh Koreya yarimorolining janubiy qismida taxminan 28,5 ming askarini doimiy joylashtirgan.

Bundan tashqari, Vashington 15-19 sentabr kunlari Janubiy Koreya va Yaponiya bilan Iron Mace nomli qo‘shma harbiy mashqlarni o‘tkazgan. Harbiy so‘zlashuvlar kuchaygan bir vaqtda Shimoliy Koreyaning «maxsus resurslar» haqidagi bayonoti mintaqadagi xavfsizlik va muvozanat holatining yanada murakkablashganidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026