ENRU

Rubio: Jey Di Vens 2028 saylovlarining asosiy nomzodi

Dunyo
28
Rubio: Jey Di Vens 2028 saylovlarining asosiy nomzodi
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio mamlakatning amaldagi vitse-prezidenti Jey Di Vensni kelgusi prezidentlik saylovlarida eng kuchli nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu fikrini Fox News telekanaliga bergan intervyusida bildirdi. Rubioning so‘zlariga ko‘ra, agar Vens nomzodlikka qaror qilsa, u Respublika partiyasidan keladigan asosiy da’vogar bo‘ladi.

Rubio Jey Di Vensni o‘zining yaqin do‘sti deb atab, uning faoliyatini yuqori baholadi. Shuningdek, Rubio ta’kidlashicha, Vens hozirgi prezident jamoasida faol ishtirok etib, Donald Trampning siyosiy dasturini amalga oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.

So‘nggi oylarda Jey Di Vensning siyosiy kelajagi AQSHda keng muhokama qilinmoqda. Tramp o‘tgan yil avgust oyida uni “Make America Great Again” harakatining eng ehtimoliy vorisi deb atagan.

Reuters va Newsweek kabi nufuzli manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Vens va Rubio Trampdan keyin Respublika partiyasining asosiy nomzodlari sifatida ko‘rilmoqda. Jey Di Vens ilgari agar Trampga nimadir yuz bersa, prezidentlik lavozimini qabul qilishga tayyor ekanini ham bildirgan.

Siyosiy tahlilchilar uning vitse-prezidentlik tajribasi saylovchilar oldidagi obro‘sini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlashmoqda. Marko Rubio esa hozircha o‘zini prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rmayotganini aytib, Vensni kuchli va istiqbolli siyosatchi deb baholadi.

Shu bilan birga, Respublika partiyasi ichida 2028 yilgi prezidentlik saylovlari uchun dastlabki kurash allaqachon boshlanganligi ko‘zga tashlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13