Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+19°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Janubiy Koreya ish vaqtini qisqartirishni rejalashtirmoqda

Dunyo
23
Janubiy Koreya ish vaqtini qisqartirishni rejalashtirmoqda
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon mamlakatda tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida yangi tashabbusni ilgari surdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, yoshlar uchun ish va shaxsiy hayot o‘rtasida barqaror muvozanat yaratish demografik inqirozni yengishning eng muhim omili hisoblanadi. Bild nashri ushbu tashabbus haqida ma’lumot berdi.

Prezident “Uzoq ish vaqti yoshlarning martaba va oilaviy hayotini uyg‘unlashtirishga to‘sqinlik qiladi” nomli tadqiqotni misol keltirdi. Tadqiqotda janubiy koreyaliklar yiliga o‘rtacha 1874 soat ishlashi qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o‘rtachasidan 130 soatga yuqoridir.

Shu sababli hukumat ish vaqtini 2030-yilgacha haftasiga 40 soatdan 36 soatga qisqartirishni, keyinchalik esa to‘rt kunlik ish haftasini joriy etishni rejalashtirmoqda. Muhimi, ish haqi o‘zgarmaydi.

Kasaba uyushmalari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, uni tug‘ilishni oshirish uchun yagona samarali chora deb baholadi. Biroq, biznes sohasidan ba’zi vakillar bu o‘zgarish iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya dunyoda eng past tug‘ilish darajasiga ega davlatlardan biridir. Hozirda har bir ayolga o‘rtacha 0,75 nafar bola to‘g‘ri keladi.

Shu bois, yangi islohotlar mamlakat demografik barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12