Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+13°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Toyoake shahrida smartfon vaqtini cheklash tashabbusi

Dunyo
56
Toyoake shahrida smartfon vaqtini cheklash tashabbusi
Yaponiyaning Ai prefekturasidagi Toyoake shahrida aholining smartfon va noutbuklardan foydalanish vaqtini cheklash bo‘yicha yangi tashabbus joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror shahar meri Masafumi Koki tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi odamlar o‘rtasidagi jonli muloqotni kuchaytirish hamda sog‘lom uyqu odatlarini shakllantirishdir. Tavsiyaga ko‘ra, ish va o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida fuqarolar smartfon yoki planshetdan kuniga ikki soatdan ko‘p foydalanmasliklari lozim.

Bu cheklov majburiy emas, balki o‘zini o‘zi nazorat qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Merning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda ekran oldida uzoq vaqt o‘tirish insonlar orasidagi muloqotni kamaytirmoqda.

U hatto poyezdda ham odamlar bir-biriga qarashmay, telefonga qaram holda vaqt o‘tkazayotganini qayd etdi. Mutaxassislar fikricha, ekran oldida uzoq vaqt bo‘lish melatonin gormoni ishlab chiqarilishini kamaytiradi, bu esa uyqu sifatiga va ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarga haddan tashqari berilish insonlarda tashvish va izolyatsiya hissini kuchaytiradi. Qabul qilingan hujjatda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari soat 21:00 dan keyin, kattalar esa 22:00 dan so‘ng telefondan foydalanmasliklari tavsiya etilgan.

Ushbu qaror mahalliy kengashda 12 ta ovoz bilan qabul qilindi, 7 ta qarshi ovoz bo‘ldi. Shahar aholisi bu tashabbusga turlicha munosabatda bo‘ldi: ayrimlar uni foydali deb hisoblasa, boshqalar uni amaliy jihatdan qiyin deb baholadi.

Shahar meri Masafumi Koki bu tashabbusning asosiy maqsadi mavzuni jamoat muhokamasiga olib chiqish ekanini ta’kidladi va uni ijtimoiy o‘zgarish sari qadam sifatida baholadi. Ekspertlar esa ushbu g‘oyani ta’lim dasturlari va oilaviy muloqotni kuchaytirish bilan uyg‘unlashtirishni taklif qilmoqda.

Hozirda Toyoake shahri ushbu tashabbus natijalarini kuzatmoqda. Bu tajriba Yaponiyada raqamli hayot va insonlararo aloqa o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga qaratilgan muhim qadam sifatida ko‘rilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026