Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 500 mln dollar ajratdi

Dunyo
21
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 500 mln dollar ajratdi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 million dollar miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu mablag‘ “Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi”ning ikkinchi bosqichi doirasida taqdim etiladi. Dastur davlat korxonalarini zamonaviy boshqarish, fiskal shaffoflikni oshirish hamda raqobatbardosh iqtisodiy muhitni yaratishga qaratilgan bo‘lib, amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy davomi hisoblanadi.

OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya ta’kidlashicha, bank mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi va global iqtisodiyotda faol ishtirok etishiga yordam berishga sodiqdir. Dastur doirasida davlat-xususiy sheriklikda yagona tartiblarni joriy etish, raqobat va investitsiyalarni boshqarish bo‘yicha yangi qonunlar qabul qilish, davlat korxonalarini xalqaro standartlar asosida boshqarish, soliq bazasini kengaytirish va xalqaro soliq hamkorligini rivojlantirish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, dastur ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirishni ham nazarda tutadi. Bu orqali aholining zaif qatlamlariga islohotlarning ta’sirini yumshatish maqsad qilingan.

Ma’lumot uchun, joriy yilda O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik 30 yillik tarixga ega bo‘ldi. 1995-yildan buyon bank mamlakatga jami 14,6 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatgan.

OTB 30-sentabrda e’lon qilgan hisobotida O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish prognozida o‘zgarish yo‘qligini bildirdi. Bankning taxminiga ko‘ra, 2025-yilda iqtisodiy o‘sish 6,6 foizni, 2026-yilda esa 6,7 foizni tashkil etadi.

Bu ko‘rsatkichlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12