Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+19°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Tramp Ispaniyaga mudofaa xarajatlarini oshirishni talab qildi

Dunyo
14
Tramp Ispaniyaga mudofaa xarajatlarini oshirishni talab qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ispaniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishdan bosh tortgani sababli Madridga iqtisodiy bosim o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Trampning ta’kidlashicha, Ispaniya NATO a’zolari orasida yalpi ichki mahsulotning atigi 5 foizini mudofaa ehtiyojlariga sarflamagan yagona davlatdir. Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda u, Ispaniyadan noroziligini bildirar ekan, mudofaa xarajatlarini 5 foizga yetkazmagan davlatlarga nisbatan import tariflari joriy etilishi mumkinligini aytdi.

Tramp, shuningdek, Madridning bu boradagi sustkashligi Yevropa xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi. Avvalroq u Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuvda ham Ispaniyaning mudofaa xarajatlari bo‘yicha boshqa NATO mamlakatlaridan ancha ortda qolayotganini qayd etgan edi.

Prezident Tramp Ispaniyaga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi mumkinligini bildirar ekan, ularni NATOdan chiqarish haqidagi fikrni ham ilgari surdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniyaning majburiyatlarini bajarmasligi uchun hech qanday asos yo‘q.

Ispaniya hukumati esa o‘z navbatida mudofaa xarajatlarini belgilangan darajaga yetkazmagan bo‘lsa-da, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va NATO bilan kelishilgan tashabbuslarni to‘liq amalga oshirishda davom etayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, ular mudofaa sohasidagi majburiyatlarni bajarishga intilayotganini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12