Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+15°
переменная облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Trampning bosimi BRICS a’zolarini tark etishga undamoqda

Dunyo
10
Trampning bosimi BRICS a’zolarini tark etishga undamoqda
Dunyo siyosatida yangi bahslar yuzaga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, BRICS tashkilotiga a’zo davlatlar Vashington tomonidan qo‘llanayotgan iqtisodiy bosim tufayli birlashmadan chiqishni boshlagan. Bu haqida Tramp Oq uyda Argentina prezidenti Xaviyer Mileyning ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, BRICSga qo‘shilmoqchi bo‘lgan davlatlarga aniq ogohlantirish berilgan. Tramp: “Xohlasangiz, BRICSga qo‘shiling, ammo sizlarga boj joriy qilamiz,” degan.

Shundan so‘ng a’zo davlatlar chiqar boshlagan. Ular BRICS dollar kuchiga qarshi tashkilot ekanini bilgan va Tramp barcha mahsulotlarga boj qo‘yishini aytganida, ular birlashmani tark etishga qaror qilgan.

Hozirda bu masala haqida ko‘p gapirilmayapti. Prezidentning bu bayonoti AQShning tashqi savdo siyosatida yangi bosim usuli sifatida qabul qilinmoqda.

Uning fikricha, BRICS dunyo iqtisodiyotida AQSh dollarining mavqeini pasaytirishga intilayotgan platformaga aylangan. BRICS dastlab Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikadan tashkil topgan.

Keyinchalik Misr, BAA, Efiopiya va Eron ham a’zo bo‘lgan. 2025 yildan boshlab Indoneziya ham tashkilotga qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Belarus, Boliviya, Kuba, Qozog‘iston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda, O‘zbekiston va Vetnam BRICS bilan sheriklik asosida hamkorlik qilmoqda. Tramp iyul oyida BRICSni “Amerikaga qarshi siyosiy blok” deb atagan va uni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlarga 10 foizlik qo‘shimcha boj joriy etilishini bildirgan edi.

Hozirgacha BRICS yoki uning a’zolari birlashmani tark etayotgani haqida rasmiy ma’lumot bermagan. Ammo siyosiy tahlilchilar Trampning bosimi jahon iqtisodiyotida yangi geosiyosiy kurashlarni kuchaytirishi mumkin, degan fikrda.

Shunday qilib, Trampning bayonoti BRICS atrofidagi siyosiy vaziyatni yana bir bor keskinlashtirdi. Uning tahdidi haqiqatga aylanadimi, yo‘qmi, yaqin oylar ichida aniq bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026