Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Turkiyada Iso Masih rasmi tushirilgan non topildi

Dunyo
33
Turkiyada Iso Masih rasmi tushirilgan non topildi
Turkiya arxeologlari dunyo ilmiy jamoatchiligining e’tiborini tortgan noyob topilmani e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular Iso Masih surati tushirilgan 1300 yillik nonni aniqlashdi. Bu haqda ATI portali xabar berdi.

Topilma Topraktepe arxeologik hududida, qadimiy Irenopolis shahrida amalga oshirilgan qazishmalar davomida topildi. Mutaxassislar milodiy VII–VIII asrlarga oid beshta dumaloq nonni aniqlashdi.

Nonlar tabiiy ravishda kuyib, yonib ketgan holda saqlangan. Arxeologlarning ta’kidlashicha, nonlarning aksariyatida Malta xochi belgisi mavjud.

Eng qiziq va noyob topilma esa Iso Masihning rasmi tushirilgan non bo‘lib, uning yonida yunon tilida “Muborak Isoga minnatdorlik bilan” degan yozuv ham bor. Mutaxassislar bu tasvirni “Dehqon Masih” yoki “Ekuvchi Iso” deb ataluvchi ikonografik shaklga mansub deb hisoblamoqda.

Bu obraz Iso Masihni mehnatkash, yerda urug‘ sochayotgan inson sifatida ko‘rsatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu hudud ilgari qishloq xo‘jaligi markazi bo‘lgani sababli bunday ramz hosildorlik va baraka timsoli bo‘lgan.

Olimlar nonlarning diniy marosim yoki jamoaviy bayram uchun tayyorlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq, ma’lum sabablarga ko‘ra, ular ishlatilmagan.

Ehtimol, novvoylar ularni ko‘p miqdorda pishirib yuborgan yoki ba’zilari tasodifan yonib ketgan. Shu sababli nonlar uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan.

Hozirda arxeologlar topilgan nonlarni paleobotanika tahliliga yuborishni rejalashtirmoqda. Bu orqali don tarkibi, un turi va ishlab chiqarish usuli aniqlanadi.

Shuningdek, kompyuter tomografiyasi va mikroskop yordamida karbonizatsiya jarayoni o‘rganiladi. Tadqiqot rahbarlaridan biri bu kashfiyot nafaqat Turkiya, balki butun dunyo arxeologiyasi uchun muhim ekanligini ta’kidladi.

U o‘rta asrlar davridagi diniy va maishiy hayot haqidagi yangi ma’lumotlarni beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12