Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+13°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Bishkekda terakt tahdidi bilan shaxs qo‘lga olindi

Dunyo
44
Bishkekda terakt tahdidi bilan shaxs qo‘lga olindi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda xavfsizlik xizmatlari tomonidan terakt sodir etish bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi 18-oktyabr kuni ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat “Bishkek daxshati” nomli Telegram kanali orqali tarqatilgan yolg‘on xabarlar asosida aniqlangan.

Tergov davomida Ukraina fuqarosi Ya. Ovsyuk mazkur kanalni yaratgani va keyinchalik uning nomini “AVERSION” deb o‘zgartirgani aniqlandi.

U kanal orqali shahar maktablari va yirik savdo markazlarida terakt amalga oshirilishi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga ko‘ra, “ayana” nomli foydalanuvchi audioxabar orqali “GUM”, “SUM”, “Bishkek Park”, “Dordoy Plaza”, “Azia Mall” va “Tommi Mall” savdo markazlarini portlatish niyatida ekanligini bildirgan.

Bu yolg‘on tahdidlar aholi orasida vahima va qo‘rquv uyg‘otgan, ayrim jamoat joylarida faoliyat vaqtincha to‘xtatilgan. Qirg‘iziston maxsus xizmatlari tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida jinoyat ishi doirasida Qirg‘iziston fuqarosi G.A.

hibsga olindi. U terrorchilik harakati bilan tahdid qilish jinoyati bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda hodisaning barcha tafsilotlari bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. Tergov jarayonida yolg‘on xabarlarni tarqatish sabablari va boshqa shaxslarning ishtiroki ham o‘rganilmoqda.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi jamoatchilikka murojaat qilib, bunday provokatsiyalarga ishonmaslik, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik va har qanday shubhali holatlar haqida rasmiy organlarga xabar berishni tavsiya etdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026