Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Yaponiyada 14 yil oldingi qiz jasadi topildi

Dunyo
37
Yaponiyada 14 yil oldingi qiz jasadi topildi
Yaponiyada 2011-yilda yuz bergan zilzila va sunami oqibatida bedarak yo‘qolgan 6 yoshli Natsuse Yamane jasadining qoldiqlari 14 yil o‘tib topilib, oilasiga topshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda The Straits Times xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya 2025-yil 16-oktyabr kuni Miyagi prefekturasining Minami-Sanriku shahrida Natsusening suyak qoldiqlarini uning ota-onasiga rasmiy ravishda topshirgan.

Qizchaning onasi Chiyumi Yamane suyaklar solingan idishni bag‘riga bosib, ko‘z yoshlarini to‘kib, “Uyga qaytganing uchun rahmat, qizim”, degan. Bu so‘zlar oilaning uzoq yillik intizori va og‘riqli kutishidan keyingi yengillik lahzasi bo‘ldi.

Zilzila vaqtida Natsuse buvisi bilan uyda bo‘lgan. To‘satdan kelgan to‘fon ularni suv oqimiga tortib ketgan.

Buvisi omon qolgan, ammo qizaloqdan hech qanday xabar bo‘lmagan. Oilasi bir necha oy davomida uni izlagan va tirik qolgan bo‘lishi mumkin degan umidni yo‘qotmagan.

Ammo yarim yildan so‘ng qizining vafot etganini qabul qilishga majbur bo‘lgan. Shundan keyin har yili iyun oyida, Natsusening tug‘ilgan kunida, oilasi uning sevimli qaymoqli tortlaridan tayyorlab, xotirasini yod etgan.

2023-yil fevral oyida Minami-Sanrikudan taxminan 100 kilometr uzoqlikdagi Ivate prefekturasi qirg‘og‘ida bir kishi sohilni tozalash jarayonida jag suyagi parchasini topgan. Keyinchalik mitoxondrial DNK tahlili orqali bu suyaklarning Natsusega tegishli ekani tasdiqlangan.

Qizchaning onasi Chiyumi Yamane bu holatni oiladagi yo‘qolgan parchaning qayta topilishi deb atagan va vaqt yana harakatlana boshlagandek tuyulganini bildirgan. Yaponiyada ushbu voqea sabr va umid timsoli sifatida qabul qilinmoqda.

14 yil davomida intizorlik bilan qizini kutgan oila nihoyat uning oxirgi manzilini topgani ko‘plab insonlarni chuqur ta’sirlantirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026