ENRU

Polshada qadimiy xanjar noyob topildi

Dunyo
27
Polshada qadimiy xanjar noyob topildi
Polshaning Boltiq dengizi sohilida turli davrlarga oid ko‘plab tarixiy topilmalar uchraydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yaqinda esa mahalliy olimlar juda katta tarixiy ahamiyatga ega noyob buyumni aniqlashdi, deb xabar beradi Muzeum Historii Ziemi Kamieńskiej. Kamen shahri yaqinidagi sohil hududida kuchli bo‘ron natijasida yer qiyaliklari yemirilib, yer ostida taxminan uch ming yil davomida saqlangan qadimiy metall buyum yuzaga chiqdi.

Bu buyum miloddan avvalgi 800–450-yillarga oid bo‘lib, yarim oy shaklida va geometrik naqshlar bilan bezatilgan xanjar ekani ma’lum bo‘ldi. Topilmani tarixga qiziqqan Yatsek Ukovskiy va Katajina Gerdjik bo‘rondan keyin sohil bo‘ylab sayr qilayotganda aniqlashdi.

Ular loy qatlamidan metall buyumning bir qismi ko‘zga tashlanganini ko‘rib, uni olib muzey direktori Gjegoj Kurkaga darhol xabar berishdi. Xanjar uzunligi 24 santimetr bo‘lib, uning nafaqat bezaklari, balki ishlov berish sifati ham juda yuqori darajada ekanligi ta’kidlanmoqda.

Dastasi o‘tkir va san’atkorlik mahoratini namoyon etadi. Muzey direktori fikricha, bu buyum Polsha hududida topilgan eng noyob temir davri artefaktlaridan biridir.

Ancient Origins nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, xanjar shakli va naqshlari uning jang uchun emas, balki diniy yoki marosim maqsadida ishlatilganini ko‘rsatadi. Boy bezaklar va jang izlarining yo‘qligi bu taxminni yanada kuchaytiradi.

Shu bilan birga, uning mustahkam va muvozanatli tuzilishi ba’zi tadqiqotchilarda uning yuqori martabali jangchiga tegishli qurol bo‘lishi mumkin degan fikrni uyg‘otgan. Muzey direktori Gjegoj Kurka xanjarning kelib chiqishi haqida shunday fikr bildirdi: “Bu buyum ehtimol o‘sha davrdagi metall ishlov berish markazlaridan biri – hozirgi Italiya, Avstriya yoki Bolqon mintaqasida yasalgan.

Keyinchalik qadimiy savdo yo‘llari orqali shimolga, ya’ni Polshaga olib kelingan bo‘lishi mumkin”. Hozirda xanjar maxsus sharoitda saqlanmoqda va yaqin kunlarda o‘tkaziladigan laboratoriya tahlillari uning tarkibi, yoshi va funksiyasini aniq belgilaydi.

Tarixchilar ushbu topilmani Yevropaning temir davri madaniyati uchun muhim dalil sifatida baholamoqda. Boltiq sohilida yana bir bor insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy izlari yorqin namoyon bo‘ldi.

Bu topilmalar tarixiy tadqiqotlarga yangi ma’lumotlar qo‘shish bilan birga, qadimiy davr madaniyati va savdo aloqalarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026