ENRU

Ukrainalik qochqin Irina pichoq bilan o‘ldirildi

Dunyo
21
Ukrainalik qochqin Irina pichoq bilan o‘ldirildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 34 yoshli Dekarlos Braun 23 yoshli ukrainalik qochqin Irina Zarutskayani qasddan o‘ldirishda ayblanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

NBC News xabariga ko‘ra, hakamlar hay’ati uning harakatlarini “atayin sodir etilgan qotillik” deb baholagan. Bu ayblov unga nisbatan o‘lim jazosining qo‘llanilishi ehtimolini oshirmoqda.

Irina Ukrainadagi urushdan qochib, yangi hayot boshlash umidida AQShga kelgan edi. U ingliz tilini o‘rganib, mustaqil ravishda ishga joylashgan.

Biroq, 22 avgust kuni jamoat transportida fojiali voqea yuz berdi. Braun unga pichoq bilan uch marta zarba berib, hodisa joyida Irina halok bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi ilgari qurolli talonchilik va o‘g‘rilik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Hujumdan so‘ng u politsiya tomonidan tezda qo‘lga olindi.

Irinaning yaqinlari adolat tiklanishini talab qilmoqda va prokuraturaning qat’iy pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirmoqda. Fojia yuz berganidan so‘ng Shimoliy Karolina gubernatori “Irina qonuni”ni imzoladi.

Ushbu qonunga ko‘ra, sudlar garov puli miqdorini belgilashdan oldin jinoyatchining xavflilik darajasini sinchkovlik bilan baholashi kerak bo‘ladi. Qonun fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va shunday holatlarning oldini olish maqsadida qabul qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026