ENRU

Yevropada qush grippi erta va tez tarqalmoqda

Dunyo
25
Yevropada qush grippi erta va tez tarqalmoqda
Yevropada qush grippi kasalligi odatdagidan ancha erta boshlangan va tez sur’atlarda tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu so‘nggi o‘n yil ichida eng erta va keng ko‘lamli kasallikning yoyilishi hisoblanadi. Bir necha o‘n mamlakatda qush grippi holatlari qayd etilgan bo‘lib, bu parranda xo‘jaliklari va oziq-ovqat ta’minotiga jiddiy tahdid solmoqda.

2022-yilda shunga o‘xshash vaziyat natijasida millionlab parranda yo‘q qilinishi kuzatilgan edi. Kasallik asosan ko‘chib yuruvchi yovvoyi qushlar orqali tarqalmoqda.

Avgust oyidan oktyabr o‘rtalarigacha Yevropa Ittifoqining o‘n davlatida hamda Buyuk Britaniyada 50 dan ortiq yangi holatlar aniqlangan. Eng ko‘p zararlangan mamlakatlar qatorida Polsha, Ispaniya va Germaniya alohida ajralib turadi.

Mutaxassislar virusning erta tarqalishi sababli bu yilgi qish mavsumining yanada murakkab o‘tishi mumkinligini ogohlantirmoqda. Belgiyada va Fransiyada yangi kasallik holatlari aniqlangach, hukumatlar barcha parranda turlarini yopiq sharoitda saqlash choralarini joriy etdi.

Bu chora kasallikning yanada tarqalishini oldini olish uchun zarur deb hisoblanmoqda. Odatda bunday cheklovlar qish mavsumida qo‘llanilar edi, ammo bu safar kasallikning erta avj olishi hukumatlarni oldindan tayyorgarlik ko‘rishga majbur qilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virusning insonlarga yuqish xavfi hozircha past ekanligini bildirgan. Shunga qaramay, hayvonlardan odamlarga o‘tishi mumkin bo‘lgan holatlarga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlanmoqda.

Fransiyada o‘rdaklarni emlash bo‘yicha kampaniya boshlangan bo‘lib, bu kasallikni nazorat qilishda muhim qadam sifatida baholanmoqda. Qush grippi Yevropa bilan cheklanmay, AQSh, Osiyo va boshqa mintaqalarda ham kuzatilmoqda.

AQShda 180 milliondan ortiq parranda kasallik sabab yo‘q qilingan, Braziliya esa kasallikdan xoli hudud sifatida e’lon qilingan. Ushbu holatlar qush grippining global miqyosdagi xavfini yana bir bor ko‘rsatmoqda va tegishli choralarni kuchaytirishni talab etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026