Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+15°
переменная облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Germaniyada uy-bunkerga talab keskin oshmoqda

Dunyo
26
Germaniyada uy-bunkerga talab keskin oshmoqda
Yevropada geosiyosiy vaziyat keskinlashayotgan bir pallada Germaniya aholisi o‘z xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi yechimlarni izlamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

So‘nggi oylarda mamlakatda shaxsiy boshpanalarga, ya’ni uy sharoitida foydalanish uchun mo‘ljallangan mini-bunkerlar talabining sezilarli darajada oshgani kuzatilmoqda. BILD nashri bu haqda ma’lumot berdi.

Tahlilchilarning fikricha, rossiyalik harbiylar yoki dronlar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan provokatsiyalar xavotiri nemis fuqarolari ongida kuchli qo‘rquv uyg‘otmoqda. Shu sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilar yangi turdagi xavfsizlik vositalarini taklif qilmoqda.

Ulardan biri BSSD Defence kompaniyasining ishlab chiqargan “uy bunker” prototipidir. Bu himoya qurilmasi 16 kvadrat metr maydonga ega bo‘lib, devorlari 20 santimetr qalinlikdagi temir-betondan yasalgan.

Loyihani yaratgan muhandislar ushbu boshpanani haftaning yetti kuni avtonom yashash imkonini beruvchi mini-uy sifatida ta’riflamoqda. Uning ichida to‘rtta yig‘ma karavot, dush, hojatxona, kichik oshxona va deraza o‘rnini bosuvchi ekran o‘rnatilgan.

Yorug‘lik tizimi inson kayfiyatiga mos ravishda rang va yorqinlikni o‘zgartira oladi. BSSD Defence rahbari Mario Payde ta’kidicha, mazkur boshpana dronlar, minomyot snaryadlari va hatto 107 millimetrli raketa zarbalariga bardosh bera oladi.

Agar bunker yer ostida bir necha metr chuqurlikda joylashtirilsa, yadroviy portlash ta’sirini 20 kilometr radiusda kamaytirish imkoniyati mavjud. Payde shuningdek, odamlar ushbu bunkerlarni qo‘rqinchli beton quti sifatida emas, balki zamonaviy himoya vositasi va xotirjamlik ramzi deb qabul qilishlarini istashini bildirdi.

“Uy-bunker”ning boshlang‘ich narxi 50 ming yevrodan boshlanib, to‘liq jihozlangan varianti 150 ming yevrogacha yetadi. Har bir bunker tayyorlash uchun taxminan 70 ish kuni talab qilinadi.

Mutaxassislar fikricha, bunday mahsulotlarga bo‘lgan qiziqish Germaniyaning turli shaharlarida tez sur’at bilan oshmoqda. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar bu mini-bunkerlarni nafaqat xususiy uylar uchun, balki korxonalar, maktablar va kichik shaharchalarda ham joriy etishni rejalashtirmoqda.

Iqtisodchilar fikricha, “uy-bunker” tendensiyasi Yevropa xavfsizlik siyosatida yangi bosqichni anglatadi. Fuqarolar hozir nafaqat barqaror elektr ta’minoti yoki internet haqida, balki jismoniy himoya haqida ham ko‘proq o‘ylay boshlagan.

Ayniqsa, Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashgan davrda, bu yondashuv Yevropa jamiyatida xavfsizlik madaniyatining yangi darajaga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026