Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Tailand va Kambodja o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi

Dunyo
19
Tailand va Kambodja o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi
Janubi-Sharqiy Osiyoda bir necha oy davom etgan harbiy mojarolar yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tailand bosh vaziri Anutin Chanvirakun va Kambodja hukumati rahbari Hun Manet AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida tinchlik shartnomasini imzoladilar. Bu haqda Thmey Thmey nashri xabar berdi.

Imzolash marosimi Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tdi. U Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi – ASEAN sammiti doirasida tashkil etildi.

Ushbu kelishuv mintaqada barqarorlikni tiklash va ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi uzoq yillik nizolarga nuqta qo‘yishni maqsad qilgan. AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z nutqida tinchlik kelishuvini Janubi-Sharqiy Osiyoda barqarorlik sari muhim qadam deb atadi.

Shuningdek, Kambodjada hibsda bo‘lgan 18 harbiy asir ozod etilganligini bildirdi. Tramp tinchlik barqaror bo‘lishi uchun xalqaro nazorat zarurligini ta’kidladi va Malayziya hamda boshqa Osiyo davlatlaridan maxsus kuzatuvchilar joylashtirilishini ma’lum qildi.

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara mojarosi 2025-yil may oyida keskinlashgan edi. Bir necha hafta davom etgan qurolli to‘qnashuvlarda har ikki tomon artilleriya va havo hujumlaridan foydalangan, tinch aholi orasida ham jabrlanganlar bo‘lgan.

Iyul oyiga kelib, harbiy harakatlar kuchaygani sabab xalqaro hamjamiyat aralashuvi zarurati yuzaga keldi. AQSh, Xitoy va Malayziya vositachiligida olib borilgan muzokaralardan so‘ng tomonlar avval sulh, keyin esa to‘liq tinchlik shartnomasini imzolashga kelishib oldilar.

Tahlilchilar fikricha, mazkur kelishuv nafaqat ikki davlat, balki butun mintaqaning geosiyosiy barqarorligi uchun katta ahamiyatga ega. Bu kelishuv iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chegara xavfsizligini mustahkamlashda yangi davrni boshlab beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026