ENRU

Yangi Zelandiyada bola magnit yutib jarrohlik qilindi

Dunyo
19
Yangi Zelandiyada bola magnit yutib jarrohlik qilindi
Yangi Zelandiyada 13 yoshli o‘smir internet orqali sotib olgan magnitlar sabab og‘ir jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The Guardian nashrining xabar berishicha, bola taxminan 100 dona kuchli neodim magnitni yutib yuborganidan keyin shifokorlar uning ichagidan ularni chiqarish maqsadida operatsiya o‘tkazishgan. To‘rt kun davomida kuchli qorin og‘rig‘idan aziyat chekkan o‘smir Tauranga shifoxonasiga yotqizildi.

Rentgen tekshiruvida magnitlar ichak devorini kesib o‘tganligi va bir necha joyda to‘qima nekrozi yuzaga kelgani aniqlandi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bola yutgan magnitlar yuqori kuchga ega bo‘lib, ichak ichida bir-biriga tortilib, organ devorlariga zarar yetkazgan.

Operatsiya vaqtida jarrohlar ingichka va yo‘g‘on ichakning bir nechta qismidagi o‘lik to‘qimalarni olib tashlashgan. Bolaning hayotini saqlab qolish uchun amaliyot besh soatdan ko‘proq davom etdi.

Qiziqarli jihati shundaki, bunday magnitlar Yangi Zelandiyada 2013-yildan beri sotilishi taqiqlangan. Biroq o‘smir ularni Temu nomli onlayn savdo maydonidan xarid qilgan.

Kompaniya ushbu holat yuzasidan ichki tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi. Kompaniya bayonotida aytilishicha, hozirda tekshiruv jarayoni davom etmoqda.

Magnitlarning aynan Temu orqali sotib olingani rasman tasdiqlanmagan, ammo barcha xavfli mahsulotlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilmoqda. Mutaxassislar bunday holatlar keyinchalik ichak tutilishi, churra va doimiy og‘riqlar kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Shu sababli, ota-onalarga kichik bolalar va o‘smirlarning onlayn xaridlariga alohida e’tibor berishni tavsiya qiladilar.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026