Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

AQSH va Xitoy savdo kelishuvida dastlabki kelishuvga erishdi

Dunyo
25
AQSH va Xitoy savdo kelishuvida dastlabki kelishuvga erishdi
AQSH va Xitoy vakillari Malayziyada o‘tkazilgan ASEAN sammiti doirasida yangi savdo kelishuvi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar boj stavkalarini vaqtincha to‘xtatishga va Xitoyning kamyob metallar eksportiga qo‘yilgan cheklovni bir yilga kechiktirishga rozi bo‘ldi. AQSH moliya vaziri Skot Bessentning ta’kidlashicha, bu qaror Prezident Donald Tramp tomonidan noyabr oyidan boshlab joriy etilishi kutilgan 100 foizlik bojlarni bekor qiladi.

Shuningdek, Xitoy AQSHdan soya mahsulotlarini qayta sotib olishni boshlaydi. Xitoy tomoni esa ushbu kelishuv haqida ehtiyotkorlik bilan izoh berib, uning dastlabki xarakterga ega ekanligini ma’lum qildi.

Vitse-premyer Xe Lifeng muzokaralar murosali ruhda o‘tganini, ammo yakuniy qaror ikki davlat rahbarlari uchrashuvidan so‘ng e’lon qilinishini ta’kidladi. Prezident Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin 31-oktabr kuni Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy sammitida uchrashadi.

Ular savdo kelishuvining asosiy shartlarini tasdiqlashi kutilmoqda. Mutaxassislar fikricha, ushbu kelishuv AQSH va Xitoy o‘rtasidagi tarang savdo munosabatlarini yumshatishi hamda global bozorlarning barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bu kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yaxshilashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026