ENRU

Luvr talonchiligi: uchinchi gumonlanuvchi qo‘lga olindi

Dunyo
86
Luvr talonchiligi: uchinchi gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Luvr muzeyidagi talonchilik ishi bo‘yicha uchinchi gumonlanuvchi qo‘lga olinib, hibsga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda BFMTV xabar berdi. Hozirda uning so‘rovi politsiya tergovchilari tomonidan davom ettirilmoqda.

26-oktyabr kuni ushbu ish bo‘yicha ikki nafar gumonlanuvchi hibsga olingan edi. Ularning biri Sena-Sen-Deni hududida yashovchi shaxs bo‘lib, Sharl de Goll aeroportida Jazoirga uchib ketishga uringan vaqtida qo‘lga tushgan.

Parij prokurori Lor Bekko tergov jarayoni haqida ma’lumotlarning tarqalib ketganidan norozilik bildirib, bu holat yuzdan ortiq tergovchi ishtirok etayotgan surishtiruvga xalaqit berayotganini ta’kidladi. Ichki ishlar vaziri Loran Nunes esa politsiya xodimlariga tezkor harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgan, biroq tafsilotlarni oshkor qilishdan tiyilgan.

Talonchilik 19-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. To‘rt nafar niqob kiygan jinoyatchi XIX asrga tegishli sakkizta zargarlik buyumini o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu buyumlarning umumiy qiymati taxminan 102 million dollarni tashkil etadi. O‘g‘irlangan buyumlar orasida qirolicha Mariya-Ameliyaning toj va sirg‘alari, shuningdek, imperator ayol Evgeniyaning tojlari ham bo‘lgan.

Ayni damda o‘g‘irlangan buyumlar hali topilmagan. Tergov ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026