ENRU

“Lukoil” xorijdagi aktivlarini Gunvor’ga sotadi

Dunyo
48
“Lukoil” xorijdagi aktivlarini Gunvor’ga sotadi
Rossiyaning yirik energetika kompaniyasi “Lukoil” o‘zining xorijdagi aktivlarini boshqaruvchi LUKOIL International GmbH kompaniyasini Gunvor Group treyderlik kompaniyasiga sotishga kelishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

“Lukoil” rasmiy bayonotida kompaniya Gunvor taklifini qabul qilgani va boshqa xaridorlar bilan muzokaralar olib bormaslik majburiyatini olgani ta’kidlangan. Ushbu qarorga ayrim davlatlar tomonidan “Lukoil” va uning korxonalariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar va cheklovlar sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.

Ammo kelishuvning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmadi. Gunvor Group 2000-yilda Torborn Tornkvist va Gennadiy Timchenko tomonidan tashkil etilgan.

Timchenko ko‘plab manbalarda Vladimir Putinga yaqin tadbirkor sifatida tilga olinadi. Gunvor uzoq yillar davomida Rossiya neftini xorijga eksport qiluvchi eng yirik xalqaro treyderlardan biri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Xitoylik olimlar asteroidlarni yadroviy qurilmalar yordamida zararsizlantirish usulini topdi
Xitoylik olimlar asteroidlarni yadroviy qurilmalar yordamida zararsizlantirish usulini topdi
Xitoylik olimlar Yer sayyorasiga xavf solishi mumkin bo‘lgan yirik asteroidlarni zararsizlantirishning yangi va samarali usulini ishlab chiqdilar. Tadqiqotlarga ko‘ra,
DunyoBugun, 03:10
Qozog'istonda yo'lbarslar populyatsiyasini tiklash uchun ilk qadam tashlandi
Qozog'istonda yo'lbarslar populyatsiyasini tiklash uchun ilk qadam tashlandi
Qozog‘istonda yo‘qolib ketgan yo‘lbarslar populyatsiyasini qayta tiklash maqsadida amalga oshirilayotgan yirik ekologik loyiha doirasida ilk Amur yo‘lbarsi yovvoyi tabiat bag‘riga qo‘yib yuborildi.
DunyoBugun, 02:54
Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning to'yiga oid tafsilotlar ochiqlandi
Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning to'yiga oid tafsilotlar ochiqlandi
Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning kutilayotgan nikoh marosimi jahon sport jamoatchiligi diqqat markazida turibdi. Mazkur to‘yga Lionel Messi, Neymar, Habib
DunyoBugun, 02:23
Alabamadagi harbiy poligon hududidan yangi baliq turi topildi
Alabamadagi harbiy poligon hududidan yangi baliq turi topildi
Amerika Qo'shma Shtatlarining Alabama shtatidagi Redstone Arsenal harbiy obyekti hududida joylashgan Bobket g'oridan fanga ma'lum bo'lmagan yangi baliq turi topildi.
DunyoBugun, 01:34
Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov to'rt yilga ozodlikdan mahrum etildi
Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov to'rt yilga ozodlikdan mahrum etildi
Rossiyalik taniqli bloger Guseyn Gasanovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Moskvaning Presnenskiy tuman sudi uni jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni
DunyoBugun, 01:27
Qirg'izistonda inson jasadlarini kuydirish amaliyoti rasman taqiqlandi
Qirg'izistonda inson jasadlarini kuydirish amaliyoti rasman taqiqlandi
Qirg‘izistonda inson jasadlarini krematsiya qilish, ya’ni maxsus pechlarda kuydirish amaliyoti rasman taqiqlandi. Mamlakat Prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolangan
DunyoBugun, 00:35