Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Sobiq maslahatchi Erjan Babakumarov mojaro oqibatida vafot etdi

Dunyo
28
Sobiq maslahatchi Erjan Babakumarov mojaro oqibatida vafot etdi
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart Toqayevning sobiq maslahatchisi Erjan Babakumarov Astana shahrida yuz bergan mojaro oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Qozog‘iston politsiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 56 yoshli Babakumarov va 36 yoshli erkak o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik janjalga aylanib ketgan.

Mojaro davomida sobiq amaldor og‘ir jarohatlar olgan va uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Mazkur hodisa yuzasidan gumonlanuvchi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda u vaqtinchalik hibsda saqlanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qasim-Jo‘mart Toqayev 2019 yilda Prezident lavozimini egallaganidan so‘ng, Erjan Babakumarovni o‘zining maslahatchisi etib tayinlagan edi. Biroq oradan bir necha oy o‘tib, Babakumarov bu lavozimni tark etdi.

Shuningdek, 2019 yil aprelidan 2022 yil fevral oyigacha u Olmaota shahar hokimining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2022 yil yanvar voqealaridan keyin esa iste’foga chiqqan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12