ENRU

Bananli chizkeyk oilani ajralishga olib keldi

Dunyo
43
Bananli chizkeyk oilani ajralishga olib keldi
AQShda yashovchi bir ayol 25 yil davom etgan turmushini noodatiy sabab bilan tugatishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ajralish sababi erining bananli chizkeykni yeb qo‘yishi bo‘lgan. Bu voqea Reddit ijtimoiy tarmog‘ida keng muhokama qilingan.

Ayolning aytishicha, turmushining dastlabki yillarida ular o‘zaro iliq munosabatda bo‘lgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan erining unga bo‘lgan e’tibori va mehribonligi pasaygan.

Ayol o‘zini bir uyda yashab, ammo yolg‘izdek his qilganini ta’kidlagan. Oxirgi ta’til paytida bu munosabatlar yana bir bor sinovdan o‘tgan.

Ular restoranda bananli chizkeyk buyurtma qilishgan. Ayol shirinlikning yarmisini yeb, qolgan qismini ertalab choy bilan iste’mol qilishni rejalashtirgan.

Ammo tongda chizkeyk yo‘qolgan. Ma’lum bo‘lishicha, eri kechasi och qolib, uni yeb qo‘ygan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu shunchaki shirinlik emas, balki yillar davomida yig‘ilib kelgan beparvolikning ramzi edi. Psixologlar fikriga ko‘ra, bunday ajrimlar ko‘pincha katta janjallardan emas, balki yillar davomida to‘plangan hissiy sovuqlik, e’tiborsizlik va muloqotning yetishmasligidan kelib chiqadi.

Bu voqea oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va tushunish naqadar muhim ekanini yana bir bor eslatadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026