Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Ayollarning mustaqilligi tug‘ilish darajasiga ta’sir qilmoqda

Dunyo
40
Ayollarning mustaqilligi tug‘ilish darajasiga ta’sir qilmoqda
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Klaudiya Goldinning yangi tadqiqotiga ko‘ra, dunyoda tug‘ilish darajasining pasayishi ayollarning mustaqilligi bilan bog‘liq. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadqiqotda aytilishicha, bugungi kunda ko‘plab ayollar turmush qurmasdan yoki davlat yordamisiz ham o‘z hayotini mustaqil tashkil qilmoqda. Bu esa demografik ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Olimning fikricha, ayollarning ta’lim olish, kasb tanlash va reproduktiv salohiyatni boshqarish imkoniyatlari kengaygani natijasida tug‘ilish darajasi pasaygan. Iqtisodiy o‘sish avvalgidek aholi sonining ko‘payishiga olib kelmayapti.

Masalan, Shvetsiya va AQShda tug‘ilish darajasi nisbatan yuqori bo‘lsa, Gretsiya va Janubiy Koreyada bu ko‘rsatkich ancha past. Bugungi kunda dunyo davlatlarining yarmidan ko‘pida tug‘ilish koeffitsiyenti 2,1 darajadan past bo‘lib, bu aholining tabiiy yangilanishi uchun yetarli emas.

Qizig‘i, ushbu davlatlarda dunyo aholisining qariyb ikki uch qismi yashaydi. Goldinning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammolardan biri — erkak va ayollar o‘rtasidagi rollar bo‘yicha kutilmalar nomutanosibligidir.

Ayollar tenglikni istasa-da, jamiyatda hali ham an’anaviy qarashlar kuchli. Bu holat ayniqsa Yaponiya, Koreya, Italiya va Ispaniyada yaqqol namoyon bo‘ladi.

Tadqiqotda AQShdagi o‘zgarishlar 1970-yillarda boshlanganiga e’tibor qaratiladi. Masalan, 1950 yilda tug‘ilgan va oliy ma’lumotga ega ayollar orasida o‘rtacha farzandlar soni 1,64 gacha kamaygan.

Goldinning fikricha, bu jarayonning ildizi davlatning bolalarni parvarish qilish bo‘yicha yetarli yordam ko‘rsatmasligida. Agar bunday qo‘llab-quvvatlash tizimi yaxshilansa, ayollar nafaqat ish bozorida faol bo‘lar edi, balki oilada ham barqarorlik va tenglik ta’minlanardi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12