Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Karib dengizida “Melissa” dovuli vayronagarchilik keltirdi

Dunyo
36
Karib dengizida “Melissa” dovuli vayronagarchilik keltirdi
Karib dengizi hududida “Melissa” nomli kuchli dovul katta talafotlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dovul Yamayka, Gaiti va Kuba davlatlarida vayronagarchiliklar, suv toshqinlari va elektr energiyasi uzilishlariga olib keldi. Hodisa oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, minglab aholi esa boshpanasiz qoldi.

Eng katta zarar Yamaykada qayd etildi. Mamlakat bosh vaziri Endryu Xolnesning ma’lumotiga ko‘ra, orolning katta qismida uylar, shifoxonalar va jamoat binolari vayron bo‘lgan.

“Uylarning tomlarining 80 foizdan ortig‘i uchib ketdi, elektr energiyasi butunlay uzildi”, dedi bosh vazir. Dovul keyinchalik Gaiti va Kuba tomon harakatlandi.

Gaitida kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida kamida 20 kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi. Kubada esa shamolning tezligi soatiga 185 kilometrga yetib, janubi-sharqiy hududlarda jiddiy zarar yetkazdi.

Buyuk Britaniya qiroli Charlz Yamaykada yuz bergan ushbu fojiadan chuqur qayg‘uda ekanini ma’lum qildi. AQSh esa dovuldan zarar ko‘rgan hududlarga yordam ko‘rsatish uchun maxsus guruh yuborishni rejalashtirmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hududlarni tozalash va tiklash ishlari bir necha oy davom etishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026