Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СВ
ENRU

O‘rtachirchiqda yangi aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda

Dunyo
32
O‘rtachirchiqda yangi aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda
O‘rtachirchiq tumanida Kuyichirchiq tumani bilan chegaradosh hududda yangi xalqaro aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda tuman hokimiyati ma’lum qildi. Ushbu loyiha doirasida qurilish hududiga tushib qolgan Xalqobod va Yangiyo‘l mahallalaridagi uylar buzilishi ko‘zda tutilgan.

Buzilgan uylar uchun mulk egalariga qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lanadi. O‘rtachirchiq tumani hokimi Islom Qosimov Xalqobod mahallasi aholisi va fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda aholiga ko‘chirish jarayoni, to‘lov tartibi va zarur protseduralar haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, kompensatsiya olish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati va bu jarayonning qonuniy tartibi haqida ma’lumot yetkazildi.

Tuman xizmatlari vakillari aholini qiziqtirgan barcha savollarga javob berib, ko‘chirish va buzish jarayonlari bilan bog‘liq masalalarni ochiq muhokama qildilar. Hokimiyat bu jarayonda aholiga barcha zarur ko‘mak berilishini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026