Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+19°
ясно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Dunyo o‘rmonlari iqlim o‘zgarishidan jiddiy zarar ko‘rmoqda

Dunyo
32
Dunyo o‘rmonlari iqlim o‘zgarishidan jiddiy zarar ko‘rmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi natijasida dunyo o‘rmonlari jiddiy xavf ostida qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yevropa, Shimoliy Amerika, Kavkaz va Markaziy Osiyoda jami 1,76 milliard gektar o‘rmon mavjud bo‘lib, bu dunyo bo‘yicha o‘rmonlarning qariyb 40 foizini tashkil etadi. Ammo hozirgi vaqtda global miqyosda salbiy jarayonlar kuzatilmoqda.

Har yili dunyo bo‘yicha taxminan 10,9 million gektar o‘rmon yo‘qolmoqda. Bunga qurg‘oqchilik, yuqori harorat, namlikning kamayishi va zararkunandalar ko‘payishi asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

2021-yilda o‘rmon yong‘inlari natijasida 12,6 million gektar o‘rmon yo‘q qilingan. Shuningdek, yana 73 million gektar o‘rmon hasharotlar va kasalliklar ta’sirida zarar ko‘rgan.

Mutaxassislar ushbu jarayon davom etsa, o‘rmonlar uglerod yutuvchi manba sifatida emas, balki aksincha, uglerod chiqaruvchi omilga aylanish xavfi borligini ta’kidlamoqda. BMT yetakchi davlatlarga murojaat qilib, o‘rmonlarni himoya qilish, yong‘inlarning oldini olish va tiklash dasturlarini kuchaytirishga chaqirmoqda.

O‘rmonlarni asrash nafaqat ekologiya, balki butun sayyoramiz istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026