Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+18°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Toqayev Qozog‘istonning Avraam kelishuvlariga qo‘shilishini e’lon qiladi

Dunyo
46
Toqayev Qozog‘istonning Avraam kelishuvlariga qo‘shilishini e’lon qiladi
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Vashingtonda uchrashuv o‘tkazib, mamlakatining Avraam kelishuvlariga qo‘shilmoqchi ekanligini ma’lum qilishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda AQSh ma’muriyatidagi manbalarga asoslanib, Axios xabar berdi. Mazkur bayonot Toqayevning Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari ishtirokidagi sammit davomida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Qozog‘iston AQSh bilan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mineral resurslar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga oid kelishuvni ham imzoladi. Tahlilchilarning fikricha, bu harakat Vashington bilan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, Toqayev va Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan birgalikda telefon orqali muloqot qilib, Qozog‘istonning Avraam kelishuvlariga qo‘shilishini rasman tasdiqlashi kutilmoqda. AQSh rasmiylari ushbu qadamni Isroil va musulmon davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash yo‘lida muhim qadam sifatida baholamoqda.

Ularning fikricha, Avraam kelishuvlari tinchlik va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jozibador tashabbus bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Avraam kelishuvlari 2020 yilda AQSh vositachiligida imzolangan bo‘lib, dastlab Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Sudan va Marokash ushbu kelishuvlarga qo‘shilib, Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan.

Tramp ma’muriyati mazkur tashabbusni Isroil va Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy va texnologik hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirgan. Kelajakda Saudiya Arabistoni ham ushbu kelishuvlarga qo‘shilishi mumkinligi aytilmoqda.

Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning 18-noyabr kuni AQShga tashrifi davomida bu masala muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Biroq muzokaralar hali ham murakkab bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026