Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

O‘zbekistonda chiqindi suvlarni tozalash inshooti quriladi

Dunyo
48
O‘zbekistonda chiqindi suvlarni tozalash inshooti quriladi
O‘zbekistonda ekologiya va suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xitoyning Qingyan Environmental Technology kompaniyasi mamlakatimizda sutkasiga 40 ming kub metr chiqindi suvni tozalash quvvatiga ega zamonaviy inshoot qurishni rejalashtirgan. Loyiha doirasida havo filtratsiya tizimlari va zamonaviy tozalash uskunalari o‘rnatiladi.

To‘rt bosqichli texnologik jarayon asosida ishlaydigan tizim sanoat zonalari va bo‘yoq ishlab chiqarish korxonalaridan keluvchi chiqindi suvlarni qayta ishlash imkonini yaratadi. Ushbu inshoot Yevropa ekologik standartlariga to‘liq javob beradi.

Tozalangan suvning kamida 60 foizi qayta foydalanishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, tozalash jarayonida hosil bo‘ladigan shlam maxsus quritish tizimi orqali qayta ishlanib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Mazkur loyiha davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Xitoylik investorlar inshootni 15 yil davomida boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Bir kub metr suvni tozalashning narxi taxminan 1–1,2 dollarni tashkil etadi. Qurilish ishlari 8 oy ichida yakunlanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida qiymati 350 million dollarlik yirik sanoat majmuasi qurilishi boshlangan. Ushbu loyihada polipropilen qoplar, beton mahsulotlari va yo‘lak plitkalari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Farg‘ona shahrida Xitoy kompaniyasi tomonidan qiymati 141 million dollarlik chiqindi yoqish zavodi qurilishi boshlangani ma’lum qilindi. Bu kabi loyihalar O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash va qayta ishlash sohasidagi muhim qadamlar sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026