Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Turkiyada zavoddagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
35
Turkiyada zavoddagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi
Turkiyaning g‘arbiy qismida joylashgan Manisa viloyatida atir va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodda kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan. Portlashdan so‘ng korxona hududida yong‘in kelib chiqqan.

Fojea ish vaqti sodir bo‘lgani bois zavoddagi qator sexlar butunlay vayron bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish davomida halok bo‘lgan ishchilarning jasadlari topilgan.

Hozirda favqulodda vaziyatlar xizmati va politsiya xodimlari voqea joyida ish olib bormoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari kuchaytirilgan tartibda davom etmoqda.

Hudud xavfsizlik maqsadida to‘liq yopilgan. Portlash natijasida atrofdagi uylar va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlariga ham zarar yetgani ma’lum qilindi.

Hozircha zarar miqdori va portlashning aniq sabablari o‘rganilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, fojea ishlab chiqarish jarayonida yuz bergan kimyoviy reaksiya yoki zavod uskunalaridagi texnik nosozlik sababli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Manisa hokimligi halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirib, zavod faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qildi. Ushbu hodisa Turkiya jamoatchiligida katta tashvish uyg‘otdi.

Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12