Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Turkiya sudi Netanyahu va qo‘mondonlarga order chiqardi

Dunyo
33
Turkiya sudi Netanyahu va qo‘mondonlarga order chiqardi
Turkiya sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, mudofaa vaziri Yoav Gallant, milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, Isroil armiyasi bosh qo‘mondoni general Eyol Zamir va dengiz kuchlari qo‘mondoni David Salamani hibsga olish uchun order chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Istanbul prokuraturasi ma’lumotiga asoslanib Anadolu agentligi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov qo‘yilgan.

Ular 2023 yildan buyon G‘azo hududida amalga oshirilgan harbiy harakatlar davomida "tizimli genotsid" va "insoniyatga qarshi jinoyatlar" sodir etishda ayblanmoqda. Ayblovlar orasida 6 yoshli Hind Rajabning o‘ldirilishi, 2023 yil 17 oktyabrda “Al-Ahli” baptist kasalxonasiga hujum qilinishi oqibatida 500 kishining halok bo‘lgani, 2024 yil 29 fevralda tibbiy uskunalarning ataylab vayron qilinishi va 2025 yil 21 martda Turkiya–Falastin do‘stlik kasalxonasining bombardimon qilinishi kabi holatlar keltirilgan.

Shuningdek, prokuratura G‘azo hududi to‘liq to‘sib qo‘yilgani va jabrlanganlarga gumanitar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilinganini ta’kidlagan. Turkiya rasmiylari mazkur qarorni “insoniyat sha’ni va huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi muhim qadam” sifatida talqin qilmoqda.

Shu bilan birga, Isroil hukumati bu ayblovlarga hozircha rasmiy izoh bermagan.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29