Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Moskva metrosida ayol qizni relsga itarib yubordi

Dunyo
28
Moskva metrosida ayol qizni relsga itarib yubordi
Rossiyaning poytaxti Moskva shahrida joylashgan metro stansiyalaridan birida dahshatli hodisa yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 64 yoshli ayol 13 yoshli qizni relsga itarib yuborgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy ma’lumot berdi.

Hodisa 9-noyabr kuni “Taganskaya” metro stansiyasida sodir bo‘lgan. Poyezd kelishidan bir necha soniya oldin ayol qizchani relsga itarib yuborgan.

Qizaloq ota-onasi bilan birga bo‘lib, ular qizni o‘z vaqtida relsdan chiqarib, hayotini saqlab qolishga erishgan. Tergovchilar hodisani sodir etgan ayolning Krasnodar shahridan Moskvaga kelganligini aniqlashdi.

U qilmishini “qiz baland ovozda kulgani va unga qarab turgani sababli jahli chiqqan” deb izohlagan. Biroq rasmiylar bu izohni jiddiy qabul qilmayapti.

Ayol hozirda hibsga olingan va unga nisbatan “qotillikka suiqasd” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovchilar uni qamoqqa olish uchun sudga murojaat qilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ayol avval ham ommaviy joylarda turli mojarolar keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, bunday holatlar Rossiyada avval ham kuzatilgan. Masalan, iyul oyida Moskvadagi “Kunsevskaya” stansiyasida bir ayol mast holatdagi tanishini relsga itarib yuborgan.

O‘sha vaqtda politsiyaning tezkor harakatlari tufayli halokatning oldi olingan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026