Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Farrosh san’at asarini kir oyna deb o‘yladi

Dunyo
25
Farrosh san’at asarini kir oyna deb o‘yladi
Tayvanda noodatiy voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy san’at galereyasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan badiiy asar farrosh tomonidan tasodifan yo‘q qilindi. Farrosh asarni oddiy kir oyna deb o‘ylab, uni tozalashga kirishgan.

Natijada asar o‘zining asl ma’nosini yo‘qotdi, deb xabar bermoqda mahalliy ommaviy axborot vositalari. Mazkur asar rassom Chen Sun-chi tomonidan yaratilgan bo‘lib, "Inverted Syntax – Teskari Sintaksis – 16" deb nomlangan.

U zamonaviy san’atning noyob namunasi sifatida taqdim etilgan. Asar chang bilan qoplanib, qisman mato bilan yopilgan oyna shaklida bo‘lib, u jamiyatdagi buzilgan o‘rta sinf hayotining ramziy ifodasi edi.

Biroq farrosh, asarning falsafiy mazmunidan bexabar holda, uni oddiy kir oyna deb bilgan va tozalashga qaror qilgan. Ushbu harakat natijasida asarning badiiy ahamiyati butunlay yo‘qolgan.

Galereya ma’muriyati bu hodisani “fojiali tushunmovchilik” sifatida baholadi va farroshning san’at asarining mazmunidan xabardor bo‘lmaganini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12