Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Britaniyada xitoylik ayol kriptovalyuta firibgarligi uchun qamaldi

Dunyo
31
Britaniyada xitoylik ayol kriptovalyuta firibgarligi uchun qamaldi
Britaniyada Xitoy fuqarosi Qian Jimin, u Yadi Chjan nomi bilan ham tanilgan, 130 mingga yaqin odamni aldab, moliyaviy piramida tashkil qilgani uchun 11 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Sky News xabar berdi. 47 yoshli ayol 2017-yilda soxta pasport bilan Xitoydan qochib kelgan.

U kriptovalyutaga asoslangan “investitsion sxema” tashkil qilib, odamlarni katta daromad va tez boyish va’dasi bilan jalb qilgan. Natijada u 40 milliard yuan, ya’ni 5,6 milliard dollardan ortiq mablag‘ yig‘ib, o‘zini “Boylik ma’budasi” deb atagan.

Tergov davomida politsiya uning yashash joyidan 61 279 bitkoin, 300 ming funt sterling naqd pul va boshqa moliyaviy hujjatlarni topgan. Bu bitkoinlarning umumiy qiymati hozirgi kunda 6 milliard dollardan oshadi va bu Britaniya tarixidagi eng katta kriptovalyuta musodarasi hisoblanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qian va uning sheriklari o‘zlarini qimmatbaho zargarlik mahsulotlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor sifatida tanishtirgan. Ular Londonning nufuzli hududlarida joylashgan hashamatli uylar, qimmat avtomobillar va minglab funtga teng kiyimlar sotib olishgan.

Qian 2023-yil aprel oyida York shahridagi bir Airbnb uyida qo‘lga olingan. Sud jarayonida u o‘z aybini tan olgan va faqat sarmoyadorlarning ishonchini tiklashni xohlaganini aytgan.

Ammo sudya Salli-Ann Heylz uni jinoyatni boshidan oxirigacha rejalashtirgan va boshqargan shaxs sifatida ta’riflagan. Firibgarlikda ishtirok etgan boshqa shaxslar ham jazoga tortilgan: Jian Ven 6 yil 8 oyga, Seng Hok Ling esa 4 yil 11 oyga qamalgan.

Prokurorlar firibgarlardan olingan pulning bir qismi qimmatbaho zargarlik buyumlari va hashamatli uylarni sotib olishga sarflanganini ma’lum qilishgan. Jabrlanganlarning aksariyati barcha jamg‘armasidan, hatto uyidan ham ayrilgan.

Hozirda musodara qilingan bitkoinlar taqdiri va jabrlanuvchilarga tovon to‘lash masalasi bo‘yicha qaror qabul qilinmagan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12