Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Germaniyada poliovirus aniqlandi, aholi xavfsizligi nazoratda

Dunyo
30
Germaniyada poliovirus aniqlandi, aholi xavfsizligi nazoratda
Germaniyada kutilmagan voqea qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatda poliomiyelit kasalligini keltirib chiqaruvchi yovvoyi poliovirus shtammi aniqlangan. Bu haqda Robert Koh instituti ma’lumotlariga asoslanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Germaniyada bunday infeksiya oxirgi marta 1990-yilda kuzatilgan. Mutaxassislar 2021-yildan boshlab atrof-muhit namunalarini tizimli tekshirishni yo‘lga qo‘ygan va virus aynan shu monitoring jarayonida topilgan.

Hozircha aholi orasida ushbu virus tufayli kasallanish holatlari qayd etilmagan. Mutaxassislar buni mamlakatdagi yuqori darajadagi emlash ko‘rsatkichlari bilan bog‘lamoqda.

Vaksinatsiya virusning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikda asosiy omil bo‘lgan. Poliomiyelit asab tizimiga jiddiy zarar yetkazuvchi infeksiyadir.

Bu kasallik ba’zan falajlikka olib kelishi mumkin va odatda ifloslangan oziq-ovqat yoki suv orqali yuqadi. Shuningdek, yaqinda Braziliyada ham yangi virus turi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu virus ko‘rshapalaklarda topilgan bo‘lib, uning namunalariga Maranyan va San-Paulu shtatlarida duch kelishgan. Hozirgi vaqtda mutaxassislar ushbu virusning kelib chiqishi va tarqalish xavfini o‘rganishni davom ettirmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026