Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Energetik ichimliklar yigitni nogironlikka olib keldi

Dunyo
225
Energetik ichimliklar yigitni nogironlikka olib keldi
Rossiyada energetik ichimliklarni me’yordan ortiq iste’mol qilgan 22 yoshli yigit og‘ir sog‘liq muammolariga duch keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sankt-Peterburg shahrida yashovchi Artyom ismli yigit kompyuter o‘yinlariga qattiq berilib, hushyorlikni saqlash maqsadida energetik ichimliklarni ichishni odat qilgan. Dastlab u kuniga bir bankadan ichgan bo‘lsa, keyinchalik och qoringa 3–5 tagacha iste’mol qilishni boshlagan.

Natijada, bir kuni u qattiq qorin og‘rig‘i, qusish va ko‘ngil aynishi sabab shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar unga pankreatit tashxisini qo‘yishgan.

Davolanishdan keyin ham kasallik qayta takrorlanib, oshqozon osti bezida kista paydo bo‘lgan. Uchinchi marta shifoxonaga yotqizilganda holati yanada og‘irlashgan.

Oshqozon osti bezida yiringli nekroz rivojlangan, organizmi zaharlangan va natijada uning oyoqlari ishlamay qolgan. Hozirda Artyom reabilitatsiya jarayonida bo‘lib, qayta yurishni o‘rganmoqda.

Mutaxassislar energetik ichimliklarni, ayniqsa och qoringa, me’yordan ortiq ichish oshqozon osti bezi, yurak va qon tomirlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ushbu ichimliklar sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini unutmaslik lozim.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026