Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Orban: Rossiya YEI va NATOga tahdid sololmaydi

Dunyo
32
Orban: Rossiya YEI va NATOga tahdid sololmaydi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqi va NATO tomonidan Rossiyadan ehtimoliy hujum bo‘lishi haqidagi xavotirlarni jiddiy qabul qilmasligini ochiq aytdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning fikricha, bunday taxminlar haqiqatga mos emas va hatto kulgili. Orban Rossiyaning iqtisodiy va harbiy kuchi YEI va NATO bilan solishtirganda ancha zaif ekanini ta’kidladi.

U Yevropa Ittifoqining aholisi 400 milliondan ortiq, Rossiya esa bundan uch barobar kam ekanini qayd etdi. Shuningdek, YEIga a’zo 27 davlatning umumiy harbiy salohiyati Rossiyadan ustun ekanini eslatdi.

Ukrainadagi vaziyatni misol qilib keltirgan Orban, Rossiyaning so‘nggi uch yil ichida Ukraina hududini to‘liq egallay olmaganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan kurashda bunday qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsa, butun Yevropaga tahdid solishi ehtimoldan yiroq.

Shunga qaramay, Orban Rossiyaning ehtimoliy mag‘lubiyati xalqaro xavfsizlikka jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi. U yadroviy davlatning urushda mag‘lub bo‘lishi yadroviy qurol ishlatish xavfini oshirishi mumkinligini ta’kidladi.

Shuningdek, Orban Yevropa Ittifoqi yetakchilarining urush borasidagi siyosatini tanqid qildi. U Germaniya kansleri Fridrix Mersni urush tarafida turishda aybladi va o‘z o‘rnida tinchlikka xizmat qiluvchi qadamlar tashlagan bo‘lishini aytdi.

Orban vaqt Rossiya tomonida ketayotganini, YEI esa orqada qolayotganini ta’kidladi. Podkast davomida Orban Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel haqida iliq fikr bildirdi.

U Merkel bilan YEI yig‘ilishlarida tinchlik va hamkorlik masalalarida ko‘p hollarda bir xil fikrda bo‘lganini, biroq migratsiya va ekologiya masalalarida farqlar bo‘lganini qayd etdi. Merkelning ba’zan unga qattiq ohangda gapirganini hazil aralash eslab o‘tdi.

Shuningdek, Rossiyaning yadroviy doktrinasidagi o‘zgarishlar ham tilga olindi. 2024-yilda Putin imzolagan yangi hujjatga ko‘ra, yadroviy quroli bo‘lmagan davlatning yadroviy davlat bilan birgalikda Rossiyaga qarshi harakati ham yadroviy xavf sifatida ko‘riladi.

Orbanning ushbu bayonotlari Yevropa siyosatida katta rezonans keltirib chiqardi va mintaqadagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha qizg‘in bahslarni yana-da kuchaytirdi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29