Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+20°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

To‘qayev Mirziyoyevga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi

Dunyo
28
To‘qayev Mirziyoyevga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Oqo‘rda xabariga ko‘ra, To‘qayev o‘z maktubida 14–16 noyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik bildirgan. To‘qayev mazkur tashrifning tarixiy ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidlab, bu tashrif Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilganini qayd etgan.

Shuningdek, Qozog‘iston rahbari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi yuqori darajada tashkil etilganini e’tirof etgan. To‘qayevning fikricha, mintaqaviy hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilgan muhokamalar, qabul qilingan muhim qaror va hujjatlar forumning dolzarbligini oshirgan.

Shuningdek, Ozarbayjonning to‘la huquqli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi forumning strategik ahamiyatini yanada kuchaytirgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026