ENRU

Nigeriyada qurollangan shaxslar 215 o‘quvchini o‘g‘irladi

Dunyo
23
Nigeriyada qurollangan shaxslar 215 o‘quvchini o‘g‘irladi
Nigeriyada yana bir fojiali hodisa ro‘y berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

21-noyabr kuni qurollangan noma’lum shaxslar katolik internat maktabiga hujum qilib, 200 dan ortiq o‘quvchi va bir necha o‘qituvchini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Xristianlar assotsiatsiyasi ma’lumotiga asoslanib, NBC News xabar berdi.

Hodisa Nigeriyaning g‘arbiy qismida joylashgan Avliyo Mariya o‘rta maktabida sodir bo‘lgan. Ushbu maktabda 12–17 yoshdagi o‘quvchilar tahsil oladi.

Hujum natijasida 215 nafar o‘quvchi va 12 nafar o‘qituvchi noqonuniy ravishda olib ketilgan. Bu voqea bir hafta ichida qayd etilgan ikkinchi shunga o‘xshash hujumdir.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda maktabda xavfsizlik kuchlari bo‘lmagan. Hodisadan so‘ng maktabga harbiylar va maxsus bo‘linmalar yuborilgan.

Shtat hukumati esa maktab rahbariyatini hukumat ruxsatisiz o‘quv jarayonini boshlagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, bu qaror o‘quvchilar va xodimlarning xavfsizligiga tahdid solgan.

Mahalliy aholi va guvohlar maktabda hujum vaqtida na politsiya, na qo‘riqlash xizmati bo‘lganini aytishmoqda. Bu esa jinoyatchilarning hech qanday qarshiliksiz harakat qilishiga imkon yaratgan.

Mazkur hodisa Nigeriyada xavfsizlik tizimining zaifligi, bolalar o‘g‘irlanishi va qurolli to‘dalar faoliyati jiddiy muammoga aylanganini yana bir bor ko‘rsatdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026