Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

45 yildan so‘ng yo‘qolgan erkak oilasini topdi

Dunyo
37
45 yildan so‘ng yo‘qolgan erkak oilasini topdi
Hindistonda yuraklarga ta’sir qiluvchi, ammo umid baxsh etuvchi voqea ro‘y berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

45 yil avval bedarak yo‘qolgan Rikhi ismli erkak, uzoq vaqt o‘tgach, o‘z oilasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu voqea haqida “Times of India” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rikhi Himachal-Pradesh shtatining Sirmaur tumanidagi Nadi qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1980-yilda uyini tark etib, Haryana shtatining Yamunanagar shahrida joylashgan mehmonxonada ishlay boshlagan.

Ammo ko‘p o‘tmay, og‘ir avtohalokatga uchragan va bosh miya jarohati tufayli xotirasini yo‘qotgan. Natijada uning ota-onasi Rikhi tirik qolganiga ishonmay, uni yo‘qotgan deb bilishgan.

Rikhi keyinchalik Mumbay shahriga ko‘chib o‘tgan va u yerda o‘zini Ravi Chaudhary deb tanishtirgan. U yangi hayot boshlagan, oila qurib yashagan va o‘tmishini butkul unutgan.

Ammo yaqinda taqdir uni yana sinovga soldi: boshiga qayta jarohat olgach, bolalik xotiralari asta-sekin tiklana boshladi. Xotinining yordami bilan Rikhi o‘z kelib chiqishini aniqlashga harakat qildi va tug‘ilgan qishlog‘ini izlab topishga qaror qildi.

15-noyabr kuni u 1600 kilometr masofani bosib o‘tib, Nadi qishlog‘idagi uyiga qaytib bordi. Uni eshikda uzoq yillar davomida yo‘qotganiga ishongan aka-uka va opa-singillari qarshi oldi.

45 yillik ayriliqdan so‘ng uchrashuv quvonch va ko‘z yoshlarga to‘la bo‘ldi. Bu voqea oila uchun og‘ir yo‘qotish va intizorlikka nihoya yasadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026