Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

NATO O‘rtayer dengizida "Neptun zarbasi" mashqlarini boshladi

Dunyo
37
NATO O‘rtayer dengizida
NATO O‘rtayer dengizida yirik harbiy mashqlarni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Alyans tomonidan tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotlar "Neptun zarbasi" deb nomlanib, Italiya sohillari yaqinida o‘tkazilmoqda. Mashqlar NATO uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash va kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinliklarga javob berish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy mashqlarda Buyuk Britaniyaning HMS Prince of Wales avianosetsi ishtirok etmoqda. Uning bortida 26 ta AQShning F-35 qiruvchi samolyotlari joylashgan.

Mashqlarda AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha, Turkiya kabi davlatlar va yana jami 10 ga yaqin mamlakat harbiylari qatnashmoqda. Mashqlar davomida NATO a’zolari sharqiy flangga ehtimoliy hujum vaziyatida qanday harakat qilishni mashq qilmoqda.

Shuningdek, jahon bo‘ylab tashiladigan neft oqimining 30 foizini tashkil etuvchi muhim dengiz yo‘llarini himoya qilish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. NATOning Yevropa qo‘shma qo‘shinlari oliy qo‘mondonligi rahbari Aleksus Grinkevichning so‘zlariga ko‘ra, alyans 2027-yilga kelib Rossiya va Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy to‘qnashuvlarga tayyor bo‘lishi lozim.

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda NATO davlatlari havo hududlari buzilishi bilan bog‘liq holatlarning ko‘paygani sababli bunday mashg‘ulotlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, 2025-yil 10-sentyabr kuni Polsha harbiylari mamlakat havo chegarasini 21 ta masofadan boshqariladigan dron buzganini ma’lum qilgan.

Polsha bosh vaziri Donald Tusk ushbu holatda Rossiyani ayblagan. Shuningdek, Estoniya ham shu oyda uchta dron orqali havo hududi buzilganini bildirgan va bu uchun Rossiyani javobgar deb hisoblagan.

Moskva esa barcha ayblovlarni rad etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29