Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+19°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Xarkivga hujum: 4 kishi halok, 17 kishi jarohatlandi

Dunyo
34
Xarkivga hujum: 4 kishi halok, 17 kishi jarohatlandi
Rossiya qo‘shinlari 24-noyabrga o‘tar kechasi Ukraina hududidagi ikkinchi yirik shahar — Xarkivga ommaviy hujum uyushtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, tinch aholi yashaydigan hududlarga "Geran-2" turidagi uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida zarbalar berilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jami 16 ta portlash qayd etilgan.

Hujum natijasida Xarkivning Shevchenko va Saltovka tumanlaridagi turar joy binolari katta zarar ko‘rdi. Uch nafar tinch aholi halok bo‘ldi: 61 va 41 yoshli ayollar hamda 55 yoshli erkak.

Shuningdek, jabrlanganlar orasida ikki nafar bola bor. 12 yoshli o‘g‘il bola shisha sinig‘i tufayli jarohatlangan, 11 yoshli qiz esa ruhiy zarba olgan.

Xarkiv meri Igor Terexovning xabar berishicha, qutqaruvchilar xususiy uylarning vayronalari orasidan yana bir fuqaroning jasadini topishgan. Natijada, qurbonlar soni to‘rt nafarga yetdi.

Jabrlanganlar soni esa 17 nafarni tashkil qilmoqda. Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Vayronalar ostida qolgan fuqarolar bor-yo‘qligini aniqlash ustida ish olib borilmoqda. Viloyat rahbari Sinegubov hujum oqibatlarini aks ettiruvchi suratlarni e’lon qilib, vayronagarchilikning keng miqyosda ekanini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12