Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Germaniya Isroilga qurol yetkazish taqiqini bekor qildi

Dunyo
32
Germaniya Isroilga qurol yetkazish taqiqini bekor qildi
Germaniya hukumati avgust oyida Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni rasman bekor qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

DPA axborot agentligining xabar berishicha, ushbu qaror 24-noyabrdan kuchga kiradi. Hukumat vakili Shtefan Korneliusning ma’lum qilishicha, ayrim turdagi qurollarga nisbatan cheklovlar bugungi geosiyosiy vaziyatda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.

Mazkur qarorning qabul qilinishiga 10-oktabrdan boshlab kuchga kirgan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan. Korneliusning qo‘shimcha qilishicha, bu qaror mintaqadagi vaziyatning nisbatan barqarorlashgani hisobga olingan holda qabul qilingan.

Avvalroq G‘azo hududidagi harbiy harakatlar Germaniyada jiddiy noroziliklarga sabab bo‘lgan edi. Jamoatchilik tomonidan bu harakatlar genotsid sifatida baholangandi.

Shu sababli hukumat Isroilga qurol yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatgan edi. Endilikda, vaziyatni tahlil qilgan holda, Berlin rasmiylari cheklovlarni bekor qilishga qaror qildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12