ENRU

Tehronda havo iflosligi sabab maktablar yopildi

Dunyo
40
Tehronda havo iflosligi sabab maktablar yopildi
Eronning poytaxti Tehron shahrida havoning keskin ifloslanishi sababli 24–25-noyabr kunlari barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari vaqtincha yopildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu qaror aholi salomatligini himoya qilish maqsadida qabul qilingan. Mahalliy mutasaddilarning ma’lumotiga ko‘ra, havo sifati yomonlashgani sabab fuqarolarga imkon qadar ochiq havoga chiqmaslik, himoya niqoblaridan foydalanish va ehtiyot choralariga rioya qilish tavsiya etilmoqda.

Havo sifatini nazorat qilish tashkiloti bergan ma’lumotga ko‘ra, 2025-yil boshidan hozirgacha Tehronda atigi 6 kun davomida toza havo kuzatilgan. Bu esa shaharda ekologik vaziyatning jiddiyligidan dalolat beradi.

IQAir xalqaro platformasining reytingiga ko‘ra, ayni vaqtda Tehron dunyodagi eng iflos havoga ega poytaxtlar orasida 10-o‘rinni egallab turibdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri ham ushbu reytingda yuqoridan joy olib, 8-o‘rinda qayd etilgan.

Mutaxassislar atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026