Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

“Tinchlik rejasi” Yevropa va Ukrainada tanqidga uchradi

Dunyo
28
“Tinchlik rejasi” Yevropa va Ukrainada tanqidga uchradi
Jahon ommaviy axborot vositalari so‘nggi kunlarda AQSh va Rossiya vakillari tomonidan tayyorlangan, deb aytilayotgan 28 banddan iborat “tinchlik rejasi”ni faol muhokama qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hujjat 2022 yilgi Istanbul kelishuvlari loyihasiga nisbatan Ukraina manfaatlariga mos kelmayotgani, aksincha, Rossiya uchun yangi imtiyozlarni o‘z ichiga olgani sababli Yevropa va Ukraina tomonidan keskin tanqidga uchradi. Reja mazmunidan ko‘ra uning muallifi kimligi bo‘yicha ko‘plab savollar tug‘ildi.

Ayrim senatorlar AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ushbu hujjatni Vashington emas, balki Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvchi hujjat sifatida baholaganini ta’kidladilar. Ammo Davlat departamenti va Marko Rubio bu da’volarni rad etib, rejani AQSh tomonidan ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

CNN bu holatni noqulay va murakkab vaziyatga aylanishi mumkin bo‘lgan masala sifatida ko‘rsatdi. Britaniyaning The Guardian nashri esa reja matnidagi ayrim iboralar ingliz tiliga rus tilidan so‘zma-so‘z tarjima qilinganiga o‘xshashligini qayd etdi.

Jumladan, “It is expected” (kutiladi) kabi jumlalar rus tilidagi “ojidayetsya” fe’lidan noqulay tarzda o‘girilgan, deb baholandi. Shuningdek, hujjatda Ukraina hududlari “yangi hududlar” deb atalishi ham shubhalarni kuchaytirdi.

Jenevada o‘tgan muzokaralarda ushbu reja muhokama qilinib, dastlabki 28 bandli hujjat 19 bandgacha qisqartirildi. Yangi tahrirda Ukraina Qurolli Kuchlari sonini qisqartirish, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan mablag‘ ajratish kabi bahsli bandlar olib tashlandi.

Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksandr Bevz muhim masalalar bo‘yicha yakuniy qarorlarni prezidentlar Tramp va Zelenskiy qabul qilishi kerakligini ta’kidladi. Biroq Kreml 28 bandli dastlabki loyihani yagona maqbul variant sifatida ko‘rib, yangilangan 19 bandli rejani rad etdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12