Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Peru sobiq prezidenti Viskarra 14 yilga qamaldi

Dunyo
50
Peru sobiq prezidenti Viskarra 14 yilga qamaldi
Peru sudi sobiq prezident Martin Viskarrani pora olishda aybdor deb topib, unga 14 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shuningdek, sud qaroriga ko‘ra, u 9 yil davomida davlat lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi. Sud hujjatlarida qayd etilishicha, Martin Viskarra 2011–2014-yillarda Mokegua provinsiyasi gubernatori sifatida faoliyat yuritgan davrida qurilish shartnomalarini tasdiqlash evaziga 676 ming dollar miqdorida pora olgan.

Ushbu ma’lumotni Reuters axborot agentligi xabar qilgan. Sud jarayoni 2024-yil oktyabr oyida boshlangan.

Martin Viskarra o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, buni siyosiy ta’qib deb atagan. U 2018-yilda Peru prezidenti lavozimiga kelgan, biroq ikki yil o‘tib, korrupsiya bo‘yicha gumonlar tufayli Kongress qarori bilan lavozimidan chetlatilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12