ENRU

O‘zbekistonda avtomobil sanoati uchun yangi hamkorliklar

Dunyo
37
O‘zbekistonda avtomobil sanoati uchun yangi hamkorliklar
2025-yil 27-29-oktyabr kunlari Koreya Respublikasida ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan 2025 Supplier Board Workshop xalqaro seminari tashkil etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadbirda Kia Corporation rahbariyati, shuningdek, Koreyaning 13 ta avtomobil qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari va O‘zbekistonning 17 ta lokalizatsiya korxonalari vakillari, jami 80 dan ortiq rahbarlar ishtirok etdi. Seminar avtomobil qismlari ta’minotchilari bilan hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va yangi qo‘shma loyihalar imkoniyatlarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilar rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, O‘zbekistonda lokalizatsiyani kengaytirish va sanoat klasterlarini rivojlantirish rejalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, amaldagi va potensial ta’minotchilar bilan muzokaralar o‘tkazilib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari hamda texnologik rivojlanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Seminar doirasida lokalizatsiya rivoji va ta’minot zanjirlarining barqarorligini ta’minlashga katta hissa qo‘shgan kompaniyalarni mukofotlash marosimi ham tashkil etildi. Kia Corporation “Global Impact Award” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu mukofot kompaniyaning O‘zbekiston avtomobil sanoatining xalqaro o‘sishiga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi. Seminar ADM Global, Kia Corporation va koreyalik hamda o‘zbek avtomobil qismlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Tadbir davomida yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. ADM Global vakillari bunday tadbirlar avtomobil sanoati rivoji va O‘zbekistonning mintaqaviy avtomobil qismlari ta’minot zanjirida muhim o‘rin egallashi uchun zarur omillar ekanini ta’kidladilar.

Ushbu format 2026-yilda davom ettirilishi va yanada kengaytirilishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026