Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+13°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant qotilligi fosh etildi

Dunyo
48
Rossiyada o‘zbekistonlik migrant qotilligi fosh etildi
Rossiyaning Vladimir viloyatida yuz bergan qotillik hodisasi jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 48 yoshli ayol O‘zbekiston fuqarosini bo‘g‘ib o‘ldirgan va jasadini o‘z hovlisidagi daraxt ostiga ko‘mgan. Bu haqda viloyat Tergov qo‘mitasi xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 54 yoshli marhum bir necha yil davomida Pokrovskiy TBI zavodida ishlagan. 2025-yilning noyabr oyida uning yo‘qolib qolgani haqida qarindoshlari huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.

Tergov natijalariga ko‘ra, erkak 16-noyabr kuni Petushinskiy tumanidagi Staroye Perepechino qishlog‘ida yashovchi tanish ayolining uyiga borgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular uchrashuv chog‘ida spirtli ichimlik iste’mol qilishgan, so‘ngra o‘rtalarida janjal kelib chiqqan.

Aytilishicha, erkak polga yiqilib tushgan, ayol esa uni arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Qotillikdan so‘ng ayol jasadni hovlisidagi olma daraxti ostiga ko‘mib qo‘ygan.

Tergov materiallariga ko‘ra, mojaroning sababi qarz masalasi bo‘lgan. Ayol erkakdan pul so‘ragan, biroq erkak bunga rozi bo‘lmagan.

Marhumning qarindoshlari ayolning oldindan katta qarzi borligi va o‘zbekistonlik mehnat migrantining o‘z pulini qaytarib olish uchun qishloqqa borgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot bergan. Shuningdek, ayol jabrlanuvchining telefoni va bank kartasini ham olib ketgani aniqlangan.

Tergovchilar ayolning uyini ko‘zdan kechirish jarayonida bir qator ashyoviy dalillarni topishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi ilgari ham jinoyat sodir etgani uchun sudlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda, ayolga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishi kutilmoqda. Ekspertizalar tayinlangan va voqeaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026