Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

OPEK+ neft qazish kvotalarini 2024-yilgacha uzaytirdi

Dunyo
26
OPEK+ neft qazish kvotalarini 2024-yilgacha uzaytirdi
OPEK+ tashkiloti neft qazib olish bo‘yicha joriy kvotalarni 2024-yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror tashkilotning rasmiy saytida e’lon qilindi. 30-noyabr kuni OPEK davlatlari vakillari yig‘ilishida mazkur qaror tasdiqlandi.

Tashkilot vakillarining ma’lum qilishicha, neft qazib olish kvotalariga oid masalalar har oyda ikki marta o‘tkaziladigan qo‘mita uchrashuvlarida ko‘rib chiqiladi. Tashkilot bayonotida sakkizta ishtirokchi davlat kuniga 1,65 million barrel neft qazib chiqarishni qisman yoki to‘liq tiklashi mumkinligi qayd etilgan.

Bu qaror bozor sharoitlari va ehtiyojlardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda umumiy uglevodorod qazib olish hajmi kuniga 39,7 million barrelni tashkil etmoqda.

OPEK+ hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030-yilga kelib global neft savdosi hajmi kuniga 61 million barrelga yetishi kutilmoqda. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 55 million barrelni tashkil qilgan edi.

Yaqin Sharq davlatlaridan uglevodorod eksporti kuniga 23,5 million barrelga oshishi prognoz qilinmoqda. Asosiy neft xaridorlari esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bo‘lishi aytilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12