Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, В
ENRU

Xirosimada o‘zbek taomlari restorani va savdo uyi ochildi

Dunyo
32
Xirosimada o‘zbek taomlari restorani va savdo uyi ochildi
Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘zbek milliy taomlari restorani va Namangan viloyatining savdo uyi ochildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha hududiy brendlarni targ‘ib qilish hamda savdo va madaniy aloqalarni rivojlantirishni maqsad qilgan. Restoranda yaponiyalik mehmonlarga o‘zbek oshxonasining an’anaviy taomlari, jumladan, palov, somsa, sho‘rva, lag‘mon va qozon-kabob taqdim etiladi.

Namangan viloyatining savdo uyi esa sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, hunarmandchilik mahsulotlari va gastronomik brendlarni targ‘ib qilish uchun asosiy maydon sifatida faoliyat yuritadi. Mazkur loyiha ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida yangi eksport yo‘nalishlarini rivojlantirish va bevosita hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus o‘zbek milliy oshxonasi va mahsulotlarini xalqaro miqyosda tanitish, shuningdek, savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026